«arxeologiya yodgorligi» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida 2 ta arxeologiya yodgorligiga 495 mln so‘mlik zarar yetkazildi
12 may 2023, 12:29

Toshkent viloyatida 2 ta arxeologiya yodgorligiga 495 mln so‘mlik zarar yetkazildi

Oqqo‘rg‘onda “Shoxruxiya shaxristoni” va “Qiyritepa” arxeologiya yodgorliklarining xususiy korxonalarga berib yuborilishi oqibatida obyektlarga jami 495 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Holatga sababchi mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligi to‘liq buzib tashlangani aniqlandi
24 avgust 2022, 10:36

Qashqadaryodagi «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligi to‘liq buzib tashlangani aniqlandi

Qashqadaryoda fuqaro XVIII asrga taalluqli «Kunjutlitepa» arxeologiya yodgorligini to‘liq buzib tashlab, undan chiqqan tuproqni sotib yuborgani aniqlandi. Buning oqibatida madaniy merosga 47,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor hibsga olindi.

Ikkita arxeologiya yodgorligiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
15 avgust 2022, 20:44

Ikkita arxeologiya yodgorligiga 1,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

Bosh prokuratura Qashqadaryo va Samarqand viloyatidagi ikkita arxeologiya yodgorligiga ziyon yetkazilgani haqida xabar berdi. Zarar 1,8 mlrn so‘mni tashkil etadi.

Yangiqo‘rg‘onda yana bir arxeologiya yodgorligi vayron qilindi
9 avgust 2022, 18:11

Yangiqo‘rg‘onda yana bir arxeologiya yodgorligi vayron qilindi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «O‘rdatepa» arxeologiya yodgorligi vayron qilinib, uning o‘rniga ikki fuqaro uy qurgani aniqlandi. Avvalroq xuddi shu tumandagi «Gaistontepa» arxeologik yodgorligi butunlay vayron bo‘lgani xabar qilingan edi.

Yangiqo‘rg‘ondagi «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi butunlay vayron qilindi
1 avgust 2022, 23:15

Yangiqo‘rg‘ondagi «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi butunlay vayron qilindi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul xodimlari «Gaistontepa» arxeologiya yodgorligi hududini uy-joy qurish uchun noqonuniy ravishda ajratib bergan. Ikki yil ichida moddiy madaniy meros obyekti butunlay vayron bo‘ldi, yetkazilgan zarar 80 mlrd so‘mga baholanmoqda.

Uychi tuman hokimligi arxeologik yodgorlikni tadbirkorga berib yuborgani aniqlandi
5 iyul 2022, 15:12

Uychi tuman hokimligi arxeologik yodgorlikni tadbirkorga berib yuborgani aniqlandi

Namangan viloyati Uychi tumani hokimligi 2019 yilda arxeologik yodgorlikni MCHJga noqonuniy tarzda berib yuborgani aniqlandi. Tadbirkor yodgorlik hududining 21 sotix qismida qurilish qilgan va obyektga 3,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan. Tuman hokimligi va jamiyat mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi
2 fevral 2022, 12:10

Parkent tumani hokimligi arxeologiya yodgorligini tadbirkorga sotib yuborgani aniqlandi

2018 yilda Parkent tumani hokimligi «Tepa (Kultepa)» arxeologiya yodgorligiga tegishli 2 gektar yerni tadbirkorga xom g‘isht ishlab chiqarish uchun auksion orqali sotib yuborgan. 2020 yilda esa tadbirkor ushbu yerni boshqa bir jamiyatga sotib yuborgan. Xom g‘isht ishlab chiqarish uchun esa yodgorlik hududidan tuproq qazib olingan. Antikorrupsiya agentligi buning natijasida tadbirkor madaniy meros obyektiga 1,5 trln so‘mlik moddiy zarar yetkazganini aniqladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting